
Andijonda katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dori vositalari Andijon shahri hududida avtohalokatga uchragan «CHANGAN SL03» rusumli avtomashinaning salon qismidan topilgan.

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari aylanmasi to‘xtatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahri hududida avtohalokatga uchragan «CHANGAN SL03» rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salon qismida 5071 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi vositasi borligi aniqlangan va protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.
Aniqlanishicha, ushbu dori vositalari dorifurushlar tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar O‘zbekiston fuqarolari gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5 kiloga yaqin giyohvandlik moddasini reduktor ichiga yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lganlar fosh etilganligi haqida xabar berilgan edi.





