add

Andijonda viloyat hokimi isitish mavsumi haqida qarorni kechiktirib imzoladi

Viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan 5-noyabr kuni imzolangan qarorda isitish mavsumi 1-noyabrda boshlanishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Andijonda viloyat hokimi isitish mavsumi haqida qarorni kechiktirib imzoladi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 2025–2026-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha qarorni 5-noyabr kuni imzoladi. Shu bilan birga, qarorda isitish mavsumi rasman 1-noyabrda boshlanishi lozimligi qayd etilgan. Bu esa hujjat rasman kechiktirib qabul qilinganini ko‘rsatadi.

Hujjatga ko‘ra, kommunal xizmatlar va mahalliy hokimliklar ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlarga issiqlik yetkazib berishni ta’minlashi kerak. Tegishli sinov ishlari amalga oshirilishi va isitish tizimlari to‘liq ishga tushirilishi talab etilgan.

qaror andijon

Hujjatda barcha mutasaddi idoralar va tashkilotlar uchun aniq vazifalar belgilab berilgan. Xususan, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tuzilmalari hamda «Issiqlik ta’minoti» MCHJ issiqlik manbalari holatini ko‘rib chiqib, tizimlarda sirkulyatsiyani ta’minlashi shart.

Mahalliy hokimliklar va ijtimoiy obyekt rahbarlariga uzluksiz issiqlik yetkazib berish va aholi qarzdorligini nazorat qilish yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklatilgan. Shuningdek, gaz, elektr va suv ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar resurslar uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqishi kerak.

Qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimi o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi. Hozircha hududda isitish tizimi qay darajada ishga tushgani va amaliy natijalar haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid

Andijonda viloyat hokimi isitish mavsumi haqida qarorni kechiktirib imzoladi | Vaqt.uz