«Apple» o‘zining eng arzon iPhone 17e modelini taqdim etdi

02.03.2026 | 22:081 daqiqa

Oldindan buyurtma berish 4-martdan boshlanadi, qurilma 11-martdan sotuvga chiqadi.

«Apple» o‘zining eng arzon iPhone 17e modelini taqdim etdi

«Apple» kompaniyasi o‘zining budjetbop smartfonlar liniyasining yangi modeli — iPhone 17e’ni taqdim etdi.

Yangi versiya avvalgi iPhone 16e modeli kabi bir xil dizayn va ekran o‘lchamiga ega. Xususan, «Apple» iPhone 17e modelida «chyolka»ni (ekran tepasidagi kesimni) saqlab qolgan.

Barcha yangilanishlar yangi modelning jihozlanishi va funksiyalariga tegishli bo‘ldi. Shunday qilib, iPhone 17e, xuddi qimmatroq iPhone 17 versiyasi kabi, tirnalishlardan himoyalovchi takomillashtirilgan Ceramic Shield 2, yangi A19 chipi va MagSafe simsiz quvvatlagichi bilan jihozlangan.

iPhone 17e 48 megapikselli kamera bilan jihozlandi. Uning boshlang‘ich xotirasi esa iPhone 16e’dagiga qaraganda ikki baravar ko‘paytirilib, 256 GB ga yetkazildi.

Yangi «budjetbop» ayfonning narxi 599 dollardan boshlanadi. Smartfon uchta rangda — qora, oq va pushti ranglarda taqdim etilgan hamda 11-martdan sotuvga chiqadi.

Teglar

Mavzuga oid