add

AQSH bilan savdo mojarolariga qaramasdan yuan besh yillik rekordni yangiladi

03.12.2025 | 08:582152 daqiqa

Xitoy yuani 2025 yilda dollarga nisbatan qariyb 4 foizga mustahkamlanib, besh yillik rekordni yangiladi. Savdo tortishuvlariga qaramay, valuta jahon bozorida barqaror o‘sish ko‘rsatmoqda.

AQSH bilan savdo mojarolariga qaramasdan yuan besh yillik rekordni yangiladi

Xitoy yuani joriy yilda global valuta bozorlarida eng kuchli dinamikalardan birini namoyon etdi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ofshor yuan 2025 yil davomida dollarga nisbatan qariyb 4 foizga oshdi.

Bunday barqaror o‘sishga rasmiy Pekinning qator qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlari, jumladan kundalik fiksing orqali tashqi savdoga ta’sir qilish, Xitoy fond bozorlaridagi poyga va AQSH dollarining tashqi bosimlar ostida zaiflashishi turtki bermoqda. Tahlilchilar 2026 yilda ham yuan uchun ijobiy prognozni saqlab qolmoqda.

Bloomberg agentligining ta’kidlashicha, bu o‘sish 2018 yildagi birinchi AQSH–Xitoy savdo urushidan keskin farq qiladi. O‘shanda Pekin iqtisodiy qiyinchiliklar fonida yuanni maqsadli ravishda zaiflashtirishga majbur bo‘lgan va valuta 2018 yil mart oyidan 2019 yil sentabrigacha 13 foizdan ortiq qiymat yo‘qotgan edi. 2025 yilda esa iqtisodiy modelning yangilanishi, eksport yo‘nalishlarini global Janub tomon kengaytirish va strategik xomashyo zanjirlaridagi ustunlik yuanni barqaror qo‘llab kelmoqda.

Biroq barqaror o‘sishga qaramay, yuan yil davomida bir qator qiyinchiliklarga ham duch keldi. AQSH prezidenti Donald Tramp aprel oyida qabul qilgan tarif qarorlari valyutani qisqa muddatli pasayishga olib keldi. Ikkinchi chorakda iqtisodiyotdagi sust sur’atlar valuta kursini bir necha oy «turg‘un holat»da saqladi. Faqat avgustdan boshlab g‘olibona xatarli kayfiyatlar fonida yuan yana mustahkamlana boshladi.

Bloomberg yozishicha, AQSH dollarining umumiy zaiflashuvi ham jarayonni tezlashtirdi. Dollar Spot indeksi 2025 yilda taxminan 7 foizga tushib ketdi — bu Vashingtonning budjet taqchilligi va siyosiy noaniqliklar bilan bog‘liq. Holatdan foydalangan Xitoy FZT stavkasi pasayishiga tayanmoqda hamda valuta siyosatida hujumkor emas, ehtiyotkor strategiyani tanlamoqda.

Tahlilchilarning aksariyati yuandagi o‘sish davom etishini kutayotganini ta’kidlamoqda. MUFG va Goldman Sachs kabi yirik moliya institutlari dollar/yuan kursini 2026 yilda 6,85–6,95 diapazoniga tushishini bashorat qilmoqda. Shu bilan birga, Xitoy Markaziy banki valuta orttiqcha mustahkamlanib ketmasligi uchun fiksing orqali bozorga yumshoq tartibli korreksiya kiritmoqda.

Teglar

Mavzuga oid