AQSH Eronning strategik oroli – Xarkka hujum qildi
Tehron agar oroldagi neft inshootlari nishonga olinsa, mintaqadagi AQSH bilan bog‘liq neft obyektlarining «kulini ko‘kka sovurish» bilan tahdid qildi.

AQSH президенти Donald Tramp mamlakat harbiylari Eronning Xark orolidagi harbiy inshootlarni bombalaganini ma’lum қилди. U agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sishda davom etsa, navbatdagi nishon hududdagi muhim neft obyektlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
O‘z navbatida, Eron agar oroldagi neft tuzilmalariga hujum qilinsa, mintaqadagi AQSH bilan aloqador neft inshootlariniнг «kulini ko‘kka sovurish» bilan tahdid qildi.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari uchinchi haftaga qadam qo‘yar ekan, global energiya bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishi va ta’minot inqirozi yuzaga keldi.
IRNA davlat axborot agentligi Eronning yuqori lavozimli мuлозимиga tayanib, AQSH hujumiga qaramay, oroldan neft eksporti odatdagi tartibda davom etayotganini xabar qildi.
Xark oroli orqali Eron neft eksportining 90 foizdan ortig‘i amalga oshiriladi. Urush boshlanganidan beri neft xom ashyosi narxi 40 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Tramp 13-mart kuni AQSH kuchlari Xark orolidagi neft eksporti markazida joylashgan barcha harbiy nishonlarni «butunlay yo‘q qilganini» aytdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida buni «Yaqin Sharq tarixidagi eng kuchli bombardimonlardan biri» deb ta’rifladi, biroq bunga hech qanday dalil keltirmadi.
AQSH prezidenti hozircha Eron orollaridagi neft infratuzilmalariga zarba bermaslikka qaror qilganini alohida ta’kidladi.
«Biroq, agar Eron yoki boshqa biron bir tomon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning erkin va xavfsiz harakatlanishiga to‘sqinlik qilsa, men darhol bu qarorimni qayta ko‘rib chiqaman», — deya qo‘shimcha qildi u.
Eronning «FARS» agentligi AQSH hujumlari paytida Xark orolida 15 dan ortiq portlash ovozi eshitilganini ma’lum qildi.
Manbalarga ko‘ra, hujumlar havo mudofaasi tizimlari, harbiy-dengiz bazasi va aeroport inshootlarini nishonga olgan, biroq neft infratuzilmasiga zarar yetkazilmagan.
AQSH quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?
Shu bilan birga, AQSH ma’muriyatining ismi oshkor etilmagan mulozimi «Associated Press» (AP) agentligiga Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 2500 nafar dengiz piyodasi va desant kemasi yuborilayotganini tasdiqladi. Manbaning xabar berishicha, 31-dengiz piyodalari ekspeditsiya bo‘linmasi va «USS Tripoli» desant kemasiga mintaqaga yo‘l olish haqida buyruq berilgan.
AQSH dengiz piyodalari bo‘linmalari nafaqat qirg‘oqbo‘yi hududlarga desant tushirish, balki elchixonalar xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarni evakuatsiya qilish va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish kabi keng ko‘lamli vazifalarga ixtisoslashgan.
«Bundan ko‘rinib turibdiki, AQSH urush harakatlari doirasida o‘z harbiy salohiyatini asta-sekin oshirmoqda va jarayonni tez orada yakunlash niyatida emas», — deb xabar beradi «Al-Jazeera».
Tramp kelishuv imkoniyatini rad etdi
Xark oroliga qilingan hujumdan so‘ng, Donald Tramp o‘zining «Truth Social» platformasida Eronga keskin murojaat yo‘lladi. U Tehron uchun «qurollarni tashlab, mamlakatning qolgan qismini saqlab qolish eng oqilona qaror bo‘lishini» ta’kidladi.
«Soxta yangiliklar tarqatuvchi OAV AQSH armiyasining Eronga qarshi qanchalik muvaffaqiyatli harakat qilganini xabar qilishni yomon ko‘radi. Eron butunlay mag‘lub bo‘ldi va kelishuv istamoqda — lekin men qabul qiladigan kelishuvni emas!» — deb yozdi u boshqa bir postida. Biroq Tramp Tehron haqiqatda biror-bir kelishuvga intilayotgani haqida hech qanday dalil keltirmadi.
Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 28-fevraldan beri AQSH va Isroilning Eronga hujumlari oqibatida kamida 1444 kishi halok bo‘lgan, 18 551 kishi jarohatlangan.
«Al-Jazeera» xabar berishicha, AQSH va Isroilning havo zarbalari mamlakat bo‘ylab, jumladan Tehron, Karaj, Isfahon va Tabriz shaharlaridagi nishonlarga yo‘naltirilgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu voqealar «keskinlik pasayishidan hali ancha yiroq ekanidan» dalolat beradi.
«Eron rasmiylari javob zarbalari haqida gapirmoqda. Islom inqilobi muhofizlari korpusi mintaqadagi Isroil hududlari va AQSH bazalarini nishonga olish uchun o‘zlarining eng zamonaviy qurollari, jumladan, «Haydar» raketalaridan foydalanish haqida bayonot bermoqda», — deydi «Al-Jazeera» muxbiri.
Qatardagi Jorjtaun universitetining Yaqin Sharq siyosati bo‘yicha eksperti Zeydon Alkinani Trampning ogohlantirishini «tashvishli signal» deb baholadi. Uning fikricha, AQSH prezidentining Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi keskinlik ortishi bilan Xark orolidagi neft inshootlarini vayron qilish huquqini o‘zida saqlab qolishi mintaqadagi vaziyatni o‘ta qaltis nuqtaga olib keladi.
«Ba’zi mintaqaviy kuchlar vaziyat yumshashiga umid qilgan bo‘lsa-da, siyosiy liderlar, jumladan Trampning ritorikasi ehtimoliy murosadan qat’iy va murosasiz pozitsiyalarga o‘tdi», — dedi u «Al-Jazeera»ga.
Uning ta’kidlashicha, har ikki tomon ham hozircha murosasiz pozitsiyada turibdi. Biroq bu qarama-qarshilikning global iqtisodiy oqibatlari bevosita harbiy harakatlardan ko‘ra ancha halokatliroq bo‘lishi mumkin. Strategik infratuzilmalarga beriladigan zarbalar nafaqat G‘arb mamlakatlarida, balki butun dunyoda energiya ta’minotining izdan chiqishiga va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi.





