add

AQSH Maduroni qo‘lga oldi: Z-blogerlar hayratda

03.01.2026 | 21:102 daqiqa

AQSHning Venesueladagi tezkor harbiy amaliyoti Maduro hibsi bilan yakunlandi va Rossiyadagi Z-harbiy muxbirlar buni «namunaviy SVO» deb atadi.

AQSH Maduroni qo‘lga oldi: Z-blogerlar hayratda

AQSHning Venesuelaga qarshi o‘tkazgan tezkor harbiy amaliyoti, prezident Nikolas Maduroning hibsga olinishi bilan yakunlanib, Rossiyadagi harbiylarga moyil Z-hamjamiyatda kutilmagan rezonansga sabab bo‘ldi. Rossiya va Venesuela o‘rtasida strategik sheriklik shartnomasi mavjud bo‘lishiga qaramay, bir qator Z-kanallar AQSH harakatlarini ochiqcha maqtadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amaliyot bor-yo‘g‘i 30 daqiqa davom etgan. U avia zarbalar, havo hududida «koridor» ochish va MRB hamda maxsus kuchlar ishtirokida Maduroni qo‘lga olish operatsiyasini o‘z ichiga olgan. «Voyenniy osvedomitel» kanali buni «etalon SVO» deb atab, «kelishdi, ishni qilishdi va chiqib ketishdi», deya ta’rifladi.

«Svodki opolcheniya Novorossii» kanali esa xavotirli xulosa chiqarib, «shunday bo‘lsa, Putini ham o‘g‘irlab ketishlari mumkin», degan fikrni ilgari surdi. «Dva mayora» kanali amaliyotni «juda savodli, tezkor va samarali» deb baholab, bu ssenariy ilk kunlarda Rossiyaning Ukrainadagi rejalariga o‘xshash bo‘lganini ta’kidladi.

«Ribar» kanali AQSH harakatlarini tahlil qilib, 2022 yilda Rossiya armiyasining Hostomel aerodromi va Antonov ko‘prigini qo‘lga olishga urinishlarini esladi. Biroq, kanalning ta’kidlashicha, o‘sha taktik yutuqlar strategik natijaga aylantirilmagan.

Ekspertlarga ko‘ra, Venesuelaga qarshi amaliyot AQSHning klassik «qisqa, kuchli va aniq zarba» doktrinasini yana bir bor namoyon qildi. Amaliyot arafasida Karib dengiziga USS Gerald Ford aviatashuvchi harbiy kemasi, 11 ta harbiy kema va 15 ming nafar harbiy joylashtirilgani qayd etildi.

«CNN» manbalariga ko‘ra, operatsiyaga AQSH prezidenti Donald Tramp shaxsan ruxsat bergan, Maduroning joylashuvi esa MRB tomonidan aniqlangan. Bu holat Rossiyadagi harbiy tahlilchilar orasida zamonaviy urush usullari haqida jiddiy muhokamalarni boshlab berdi.

Teglar

Mavzuga oid