add

AQSH safaridan so‘ng ilk marta Mirziyoyev va Putin gaplashib oldi

Ular ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

AQSH safaridan so‘ng ilk marta Mirziyoyev va Putin gaplashib oldi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida ular O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilgan.

«Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiyani, shu jumladan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, hududlarning ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi», - deyiladi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.

Joriy yil 22-oktabr kuni Moskva viloyatida o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

3-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasida qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.

Teglar

null null

Vaqt.uzMaqolalar soni: 275

Barchasi

Mavzuga oid

AQSH safaridan so‘ng ilk marta Mirziyoyev va Putin gaplashib oldi | Vaqt.uz