add

AQSHdagi universitetda sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi — TIV

Bugun 09:1911911 daqiqa

Braun universitetida imtihonlar paytida sodir bo‘lgan hujumda 2 kishi vafot etgan, ulardan biri o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov.

AQSHdagi universitetda sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi — TIV

AQSHning Rod-Aylend shtatidagi Braun universiteti hududida sodir etilgan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi. Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov borligini tasdiqladi.

«Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir», dedi TIV matbuot kotibi Axror Burhonov.

O‘zbekistoning AQSHdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga hodisadan xabardor ekanini aytib, hozircha qurbonlar uchun duo qilishdan boshqa chora yo‘qligini ta’kidladi. U avval gumonlanuvchi ushlanganini bildirgan bo‘lsa-da, keyinchalik hujumchi hanuz erkinlikda ekanini tasdiqladi.

Hujum universitetning muhandislik va fizika fakultetlari joylashgan Barus + Xolli binsining yetti qavatli inshootida sodir bo‘lgan. Braun universiteti Amerikaning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, unda 7300 ga yaqin bakalavr va 3000 dan ortiq aspirant tahsil oladi.

Teglar

Mavzuga oid