Arqadag‘ shahrida yerosti suvlari sug‘orish uchun foydalanilyapti

Bugun 14:572 daqiqa

Turkmanistonning Arqadag shahrida qurilish doirasida yomg‘ir va yerosti suvlarini yig‘ish hamda qayta ishlatish tizimi amalga oshirilmoqda.

Arqadag‘ shahrida yerosti suvlari sug‘orish uchun foydalanilyapti © turkmenistaninfo

Turkmanistonning Arqadag‘ shahrida yomg‘ir va yer osti suvlari yashil hududlarni sug‘orish uchun foydalanilmoqda. Bu haqda Dunyo shaharlari forumi (WUF13) doirasida Boku shahrida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Nazar Joytiyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Turkmanistonda suv resurslariga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashiladi va bu shaharsozlik loyihalarida ham inobatga olinadi.

Hozirgi kunda shahar qurilishining ikkinchi bosqichi doirasida tozalangan oqova suvlardan qayta foydalanish ishlari olib borilmoqda. Ushbu suvlar faqat Arqadag‘da emas, balki yaqin atrofdagi aholi punktlarida ham sug‘orish uchun ishlatiladi, dedi u.
 
Ozarbayjon tajribasi

Shu forumda Arqadag‘ shahri qurilish qo‘mitasi vakili Irina Grishkova ham Ozarbayjonning «yashil energiya» sohasidagi tajribasi Turkmanistonda joriy etilayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTE)ga katta e’tibor qaratiladi va Turkmaniston ham bu tajribani o‘rganib, tegishli qadamlar tashlamoqda. Hozirda Arqadag‘ shahrining ikkinchi bosqichi doirasida temiryo‘l vokzali va avtovokzal kabi yirik obyektlarda quyosh energiyasidan foydalanilmoqda. Bunday yondashuv elektr tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytiradi va atmosferaga chiqindilar miqdorini qisqartiradi.

Shuningdek, shahar qurilishida yomg‘ir suvlarini qayta foydalanish tizimi birinchi marta joriy etilgan. Yig‘ilgan yomg‘ir suvlari dastlab tozalanib, keyin maxsus havzalarga yo‘naltiriladi va oxir-oqibat yashil hududlarni sug‘orishda ishlatiladi. Bundan tashqari, qurilish vaqtida aniqlangan yerosti suvlari maxsus drenaj tizimi orqali yig‘ilib, qayta sug‘orish uchun qayta ishlatilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid