add

«Avtomobil yutish» haqidagi soxta o‘yinlarga ishonmang — UzAuto Motors

Kecha 11:152091 daqiqa

Kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «Chevrolet avtomobilini yutib olish» borasidagi xabarlar UzAuto Motorsga aloqasi yo‘qligi va soxta ekanini ma’lum qildi.

«Avtomobil yutish» haqidagi soxta o‘yinlarga ishonmang — UzAuto Motors

Internetda Chevrolet-uz-2025.MFREESITESnet nomli soxta havola orqali «UzAuto Motors» shirkati nomidan yutuqli o‘yin haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu sahifa orqali fuqarolarga go‘yoki Chevrolet avtomobilini yutgani haqida xabarlar kelib tushayotgani kuzatilgan. Kompaniya vakillari bu ma’lumotlarning mutlaqo asossiz ekani ma’lum qilmoqda.

UzAuto Motors’ning rasmiy bayonotiga ko‘ra, kompaniya tomonidan hech qanday yutuqli o‘yinlari o‘tkazilmagan va bu kabi xabarlar fuqarolarni chalg‘itishga qaratilgan soxta targ‘ibotdir. Korxona internetda o‘z nomi bilan tarqatilayotgan bunday xabarlardan ogoh bo‘lishni so‘rab, ular faqat firibgarlik maqsadida yaratilganini ta’kidladi.

Kompaniya faoliyatiga oid barcha yangiliklar faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinishini qayd etar ekan, fuqarolarni tasdiqlanmagan sahifalarga ishonmaslikka chaqirdi. UzAuto Motorsning rasmiy veb-sayti va axborot kanallari kompaniya haqidagi yagona ishonchli ma’lumot manbai hisoblanadi.

Mutaxassislar bunday soxta havolalar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari yoki mablag‘larini o‘zlashtirish xavfi yuqoriligini eslatib o‘tmoqda. Shu bois, kompaniya va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar internetdagi shubhali sahifalardan qat’iy ravishda chetlanishni hamda bunday holatlar yuzaga kelganda rasmiy idoralarga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

Vaqt.uz avvalroq yuzlab foydalanuvchilarning plastik kartalaridan «PL Humans PSP H2H» belgisi bilan noma’lum ravishda yirik summalar yechib olingani haqida xabar bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid