
«Avval iqtisod...» #6: Yashirishcha tasdiqlangan 41 trln, oshayotgan ko‘chmas mulk, o‘qituvchilar nufuzi
Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisida yashirincha tasdiqlangan budjet, MBdan qarz cheklovlari, 40 ming dollar bilan qo‘lga tushgan ko‘mir ombori mudiri va boshqa mavzular tahlil qilindi.
2025 yil byudjetida 41 trillion so‘m qo‘shimcha xarajat qilingan. Lekin xarajatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan yopiq majlisda, yashirincha tasdiqlangan. Jamoatchilikka oshkor etilmagan. Nima uchun?
Markaziy bank yana qarz olish bo‘ycha yana bir cheklovni joriy qilmoqda. Yangi qarz cheklovlari odamlar foydasiga ishlaydimi yoki banklar foydasiga?
Ko‘chmas mulk va ijara narxi ikkinchi chorak ketma-ket oshmoqda. Ko‘chmas mulk narxlarining oshgani ham, tushgani ham muammo, aslida. Xo‘sh, bu tendensiya yana davom etadimi?
O‘zbekistonda lift importi ham monopolist manfaatida bojlar bilan to‘silgani, hattoki sentaorlar ham bu masalani ko‘tarib hal qila olishmagan.
Ko‘mir ombori mudirligi 40 ming dollarlik yog‘li joymi? Bunga sabab energetikada bozor yo‘qligi. Bozor yo‘q joyda korrupsiya urchiydi.
Qirg‘izistonda 2026 yilda o‘qituvchilar va shifokorlarning oylik maoshi 2 karra oshirilmoqda. Bu O‘zbekiston uchun ham haftaning eng zo‘r yangiligi. Chunki bunday qadamlar jamiyatda ayniqsa o‘qituvchilarning sha’ni va obro‘ysini yuksaltirish uchun xizmat qiladi.





