add

«Avval iqtisod…»: Bojlar, HGT ilovasi va soliq uchun uziladigan elektr

Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftaning eng muhim iqtisodiy voqealariga bag‘ishlangan «Avval iqtisod…» dasturining uchinchi soni tayyor.

Har doimgidek, juda qiziqarli va mazmunli chiqqan dasturda quyidagi mavzular muhokama qilingan:

O‘zbekistonda yilning so‘nggi oyiga kelib 36 turdagi muhim oziq-ovqatlar uchun nollashtirilgan bojlarning imtiyoz davri yana uzaytiriladi. Nega bojlarni doimiy asosda nollashtirish mumkin emas?

5 ta chiqindi tashish korxonasi tomonidan 250 mingga yaqin iste’molchidan 8,8 mlrd so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ yig‘ib olingan. Shunday bir vaziyatda chiqindi to‘lovlarini undirishni elektrga bog‘lash to‘g‘ri qaror bo‘ldimi?

Namanganda soliq to‘lovlarini ham elektrga bog‘lash sinovdan o‘tkaziladi. Kommunal to‘lovlar bo‘yicha Yagona billing yaratish bo‘yicha berilgan vazifalar mutasaddilarning esidan chiqdimi?

Hafta ichida munozalar keltirib chiqargan mavzu: HGT ilovasi Energetika vazirliginikimi yoki xususiy investorniki?

Parlament energetika vazirini gilamga chaqirmoqda. Vazir yoqimsiz savollarga javob beradimi?

Shuningdek, Prezidentning energetika ob’ektlarini ishga tushirgani hamda Andijon viloyatida ekologik reydlarda somsaxonalarning tandirlari buzilgani qanday rezonans bergani haqida ekspert mulohazalari berilgan.

Teglar

Mavzuga oid