BAA banki O‘zbekistonning «yashil iqtisodiyot» loyihalariga sarmoya kiritmoqchi

Bugun 21:201 daqiqa

O‘zbekiston tomoni BAAning eng yirik moliya instituti rahbariyati bilan uchrashuvda davlat tasarrufidagi banklarni xususiylashtirish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

BAA banki O‘zbekistonning «yashil iqtisodiyot» loyihalariga sarmoya kiritmoqchi

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi vakillari Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik moliya instituti — «First Abu Dhabi Bank» (FAB) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama bank-moliya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda bank-moliya sektorini liberallashtirish, xususan, banklarni xususiylashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda moliyaviy bozorni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni boshlaydi:

• «Yashil iqtisodiyot»: «First Abu Dhabi Bank» ishtirokida O‘zbekistondagi ekologik toza loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish belgilab olindi.
Islomiy moliya: Mahalliy tijorat banklarida islomiy moliyalashtirish vositalarini joriy etish maqsadida bank ekspertlarini jalb qilish masalasi muhokama qilindi.
Investitsiya forumi: Bank vakillari V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Bosh qarorgohi Abu-Dabida joylashgan «First Abu Dhabi Bank» Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik tijorat banki hisoblanadi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, moliya institutining aktivlari hajmi 330 milliard dollarni, sof foydasi esa 4,4 milliard dollarni tashkil etgan. Bank Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalarida keng tarmoqli vakolatxonalarga ega.

Teglar

Mavzuga oid