Logo

Banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foizi rekord darajada pasaydi

Bugun 12:553 daqiqa

Bu ko‘rsatkich Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past daraja bo‘ldi.

Banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foizi rekord darajada pasaydi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bank 2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi haftada mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 29,0 foiz bo‘ldi. Avtokreditlar bo‘yicha esa Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past daraja — 21,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich mos ravishda 21,5 va 29,1 foiz bo‘lgandi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,8 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» 24,0 foiz, «Trastbank» 24,1 foiz, «Asia Alliance Bank» 24,2 foiz va «Milliy bank» 25,2 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «OFB» 26,1 foiz, «BRB» 26,2 foiz, «Ziraat bank» va «Agrobank» 26,5 foizdan, «Xalq banki» hamda «Mikrokreditbank» 26,6 foizdan, «Kapital bank» 27,0 foiz, «Asaka bank» va «SQB» 27,2 foizdan, «Poytaxt bank» 27,4 foiz hamda «Turon bank» 27,5 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Garant bank» 29,7 foiz, «Hamkorbank» va «Universal bank» 30,1 foizdan, «Apex bank» 30,2 foiz, «Madad Invest bank» 31,3 foiz hamda «TBC bank» 33,3 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipak Yo‘li banki» 34,0 foiz, «Ipoteka bank» 34,1 foiz, «Davr bank» 34,7 foiz, «Uzum bank» 38,0 foiz va «AVO bank» 39,9 foizda qayd etildi.

1


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,1 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» 18,7 foiz, «Davr bank» 19,7 foiz, «Apex bank» 20,9 foiz va «Aloqabank» 21,1 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «SQB» 21,4 foiz, «Garant bank» 21,8 foiz, «Ipak Yo‘li banki» va «Infinbank» 22,0 foizdan, «Turon bank» 22,4 foiz, «Asaka bank» 22,5 foiz, «OFB» 22,6 foiz, «Xalq banki» 23,2 foiz hamda «Milliy bank» 23,7 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

O‘rta segmentda «Octobank» va «TBC bank» 24,0 foizdan, «Asia Alliance Bank» 24,1 foiz hamda «Mikrokreditbank» 24,6 foiz stavka taklif qilmoqda.

Banklar orasida eng yuqori avtokredit stavkalari «Hamkorbank» 24,9 foizda qayd etildi.

2


Ma’lumot uchun, yil boshidan beri aholiga berilgan kreditlar qoldig‘i 3,1 foizga ko‘payib, 227,1 trln so‘mga yetgan. Bunda avtokreditlardan boshqa barcha kreditlarda o‘sish kuzatilgan. Banklardagi aholining avtokreditlari qoldig‘i 1-yanvarga nisbatan 0,4 foizga pasayib, 39,56 trln so‘mgacha tushgan.

Banklarda avtokredit ajratish 2023 yildan keyin kamayishni boshladi. Bunga Markaziy bank tomonidan kiritilgan cheklovlar sabab bo‘ldi. Regulyator risklarni oldini olish maqsadida banklarning kredit portfeliga avtokreditlar uchun 25 foizlik cheklov joriy qilgandi.

Natijada avtokredit ajratish pasayishni boshladi va bu ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlariga ham ta’sir qildi — 17-18 ming dollar sotilgan Cobalt narxlari bozorda 10-11 ming dollargacha tushib ketdi. 2023 yilda aholi uchun eng ommabop kredit avtokredit bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib ularning o‘rnini mikroqarzlar egalladi.

Biroq, yaqin yillarda mikroqarzlar uchun banklarning kredit portfeliga 25 foizlik cheklov joriy qilinishi kutilyapti. Shu sababli yangi tartibga banklar allaqachon moslashishni boshlab yuborgan. Bu bir tomondan mikroqarzlar foizini pasaytirayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ularni olish imkoniyatini qiyinlashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid