add

Banklarda mikroqarz va avtokredit stavkalari pasaydi

03.12.2025 | 14:2513922 daqiqa

1-dekabr holatida mikroqarzlar va avtokreditlar bo‘yicha banklar taklif etayotgan foiz stavkalari sezilarli darajada pasaydi.

Banklarda mikroqarz va avtokredit stavkalari pasaydi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra aholi uchun ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha amaliy foiz stavkalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha yillik stavka 31,4 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 23,6 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichlar statistika olib borila boshlanganidan beri kuzatilgan eng past darajalar hisoblanadi.

Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni ilk bor 2025 yil 2-iyulda e’lon qilgan edi. O‘sha paytdan bugungi kunga qadar mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 3,5 foiz bandga, avtokreditlar bo‘yicha esa 0,5 foiz bandga pasaygani qayd etilmoqda. Bu tendensiya bozordagi raqobat kuchayib, qarz resurslariga talab va shartlar barqarorlashib borayotganini ko‘rsatadi.

Mikroqarzlar segmentida 1-dekabr holatiga ko‘ra eng yuqori stavka «Anorbank» (40,7 foiz) va «Tenge Bank» (39,8 foiz) tomonidan qo‘llanilmoqda. Eng past mikrokarz stavkalari esa «AloqaBank» (22,7 foiz) va «Trastbank» (23,8 foiz)da kuzatilgan. Bu farqlar banklar orasidagi siyosat, tavakkalchilik darajasi va kredit portfelining xususiyatlari bilan izohlanadi.

Avtokreditlarda esa o‘rtacha stavka 23,6 foizni tashkil etadi. Eng yuqori stavkalar SQB (26,4 foiz) va «Trastbank» (26,6 foiz)da qayd etilgan. Eng past avtokredit stavkalari «InFinBank» (18,2 foiz) va Ipoteka bank (20 foiz)da taklif etilmoqda. Ayniqsa «InFinBank»ning avtokreditlar bo‘yicha minimal stavka taklifi bozorda teskari dinamikaga ega raqobatni kuchaytirishi kutilmoqda.

Markaziy bank e’lon qilgan ushbu ma’lumotlar aholi va tadbirkorlar uchun kredit mahsulotlarini solishtirish, moliyaviy rejalashtirish va eng maqbul taklifni tanlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid