Banklarda muammoli kreditlar hajmi uch oyda 1,8 trln so‘mga oshdi

Kecha 21:071 daqiqa

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston bank tizimida kreditlar hajmi sezilarli o‘sdi, biroq muammoli kreditlar ham ko‘paydi.

Banklarda muammoli kreditlar hajmi uch oyda 1,8 trln so‘mga oshdi

2026-yilning I choragida bank tizimining jami kredit portfeli 19,3 trln so‘mga o‘sib, 623,3 trln so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi

Shu davrda muammoli kreditlar hajmi 1,8 trln so‘mga ko‘payib, qariyb 19,9 trln so‘mga yetdi. Bu asosan davlat banklaridagi o‘sish hisobiga to‘g‘ri keldi.

Xususan, davlat banklari portfeli 11,1 trln so‘mga oshgan. Eng yuqori o‘sish “Agrobank” (+5,44 trln so‘m), “Milliybank” (+2,63 trln so‘m), “Xalq banki” (+1,95 trln so‘m) va “Aloqabank” (+1,89 trln so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan birga, ayrim banklarda pasayish kuzatildi. Masalan, “SQB” va “Asakabank” da kredit portfeli qisqardi.

Nodavlat banklar va bozor holati Nodavlat banklar orasida “Hamkorbank”, “Hayot Bank” va “Kapitalbank” kreditlashda faol o‘sish ko‘rsatdi. Biroq “TBC Bank” va “Orient Finans bank”da kredit qo‘yilmalari kamaygan.

Muammoli kreditlar asosan davlat banklarida 1,46 trln so‘mga oshgan. Eng katta o‘sish “SQB”, “Aloqabank” va “Asakabank” hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, “BRB”da muammoli kreditlar biroz kamaygan.

Ayrim banklarda muammoli kreditlar qisqarishi ham kuzatildi. Masalan, “Ipoteka bank”da 316 mlrd so‘mlik kreditlar so‘ndirilgan. Biroq “Anor bank” va “Garant bank” da muammoli kreditlar o‘sgan.

Shunga qaramay, umumiy kredit portfeli tez o‘sgani sababli muammoli kreditlar ulushi 3,19 foizdan 2,99 foizgacha pasaygan.

photo_2026-04-27_21-07-50

manba bankers.uz

Teglar

Mavzuga oid