Logo

Biznesingiz uchun Apple Pay’ni «Click» orqali ulang!

«Click» biznes vakillariga o‘z saytlarida Visa va Mastercard kartalari orqali Apple Pay yordamida onlayn to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Biznesingiz uchun Apple Pay’ni «Click» orqali ulang!

«Click» Apple Pay to‘lov xizmatini biznesga ulash bo‘yicha hamkor hisoblanadi. Kompaniyalar «Click» orqali Apple Pay’ni o‘z saytlariga ulashi mumkin. Buning uchun alohida texnik yechim ishlab chiqish talab etilmaydi.

Apple Pay yordamida xaridorlar sayt orqali buyurtma berayotganda karta ma’lumotlarini kiritmasdan, Apple qurilmasida to‘lovni tasdiqlash orqali xaridni amalga oshirishi mumkin.

Biznesingiz uchun qanday afzalliklari bor?

Tez va qulay to‘lov. Xaridorlar har safar bank kartasi ma’lumotlarini kiritishi shart emas. Bu to‘lov jarayonini ancha oson va qulay qiladi.

Xaridni yakunlash uchun kamroq harakat. Buyurtmani rasmiylashtirish jarayoni soddalashadi, xaridor esa to‘lovni kamroq bosqichda amalga oshiradi.

Tayyor texnologik yechim. Apple Pay’ni ulash bilan bog‘liq texnik ishlarni «Click» o‘z zimmasiga oladi. Biznes uchun alohida to‘lov tizimini ishlab chiqish va joriy etish talab etilmaydi.

Visa va Mastercard kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish. Xaridorlar Apple Pay’ni qo‘llab-quvvatlaydigan Visa va Mastercard kartalari orqali saytiingizda to‘lov qilishi mumkin.

Apple Pay’ni «Click» orqali ulash saytiingizdagi to‘lov usullarini ko‘paytirish va xaridorlarga o‘zlari o‘rganib qolgan zamonaviy raqamli to‘lov xizmatidan foydalanish imkonini beradi

Biznesingiz uchun Apple Pay’ni ulamoqchimisiz?

Saytimiz orqali ariza qoldiring!


Reklama

Teglar

Mavzuga oid

Biznesingiz uchun Apple Pay’ni «Click» orqali ulang! | Vaqt.uz