Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi

Kecha 22:451 daqiqa

Ta’kidlanishicha, ushbu chora bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi

Ertaga, 1-apreldan Toshkent Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.

«Sizning va yaqinlaringizning xavfsizligi biz uchun har doim ustuvor vazifadir. So‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bog‘liq noxush holatlar tez-tez kuzatilmoqda», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bog‘ hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishining to‘xtatilishi ko‘plab so‘rovlar hamda Ilmiy kengashning qaroriga asosan qabul qilingan.

«Ushbu chora barchamiz uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid