add

Buxoroda narkotik modda olib ketayotgan «Gentra» ushlandi

Kecha 09:531351 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, narkotik moddalar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Buxoroda narkotik modda olib ketayotgan «Gentra» ushlandi

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, «Buxoro – Qorako‘l» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Gentra» rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida to‘xtatilib, tekshirilgan.

Natijada, Qorako‘l tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan shaxs va 1973 yilda tug‘ilgan xorijiy davlat fuqarosi ketayotgan avtomashina salonida sof vazni 4 kg 715 g bo‘lgan «opiy» moddasi borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular ushbu narkotik moddalar muqaddam narkokurerlar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda qilinib, Buxoro shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olishgan.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlar sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizda bir qop nasha olib ketayotgan «Cobalt» haydovchisi ushlanganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid