add

Chiroqchilik fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvand modda topildi

Bugun 19:151971

Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositalarini kelgusida sotib, pul topish maqsadida yetishtirgan.

Chiroqchilik fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvand modda topildi

Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi topilgan. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan va 3 dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kg 658 gr marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro kelgusida sotib, oson pul topish maqsadida ushbu ajal og‘usini yetishtirgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ta’kidlash lozimki, mazkur moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan giyohvand moddalar fosh etilganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Chiroqchilik fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvand modda topildi | Vaqt.uz