add

Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi tasdiqlandi

Bugun 11:40931 daqiqa

Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘riqnoma bojxona to‘lovlarini rejali to‘lash tartibini aniq belgilab berdi.

Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi tasdiqlandi

12-dekabrda «Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu hujjat bojxona to‘lovlarini davriy ravishda to‘lashda qo‘llaniladigan grafikni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini belgilaydi.

Yo‘riqnomaga muvofiq, davriy bojxona to‘lovlari grafigi deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan belgilangan hollarda bojxona organiga taqdim etiladi. Xususan, tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda to‘lovlarni har oyda yoki yilning har choragida amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lsa, ushbu grafikni taqdim etish majburiy hisoblanadi.

Shuningdek, bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etish bo‘yicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugab, vaqtincha olib kirishning keyingi davrida davriy to‘lovlarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelganda ham grafik rasmiylashtiriladi. Bu norma bojxona organlari bilan hisob-kitoblarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.

Agar bojxona yuk deklaratsiyasi qog‘oz shaklda taqdim etilsa, davriy bojxona to‘lovlari grafigi ham qog‘oz ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. U A4 formatdagi varaqlarda to‘rt nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa bojxona posti uchun, ikkinchisi deklaratsiyalovchi shaxs uchun, uchinchi va to‘rtinchi nusxalar esa deklarantga topshiriladi.

Yo‘riqnomada belgilanishicha, grafikning har bir nusxasi deklaratsiyalovchi shaxs hamda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanishi shart.

Teglar

Mavzuga oid