«Dizayn» jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

13.02.2026 | 18:021 daqiqa

Ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, iqtidorli san’atkor, «Dizayn» shou jamoasining a’zosi Dilshodbek Musabekov olamdan o‘tdi. Bu haqda Vaqt.uz'ning Madaniyat vazirligidagi manbasi xabar berdi.

«Dizayn» jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Musabekov so‘nggi yillarda og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bo‘lgan. U o‘tgan yili «Milliy» telekanalidagi «Ayol qalbi» ko‘rsatuviga bergan intervyusida «Dizayn» jamoasining 2023-yilgi sakkiz kunlik konsert jarayonlari ketayotgan vaqtda yurak xuruji sabab komaga tushib qolgani haqida ham gapirgan.

Ma’lumot uchun: «Shuhrat» medali sovrindori Dilshodbek Musabekov 1975 yil 13-iyulda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U ijoddagi faoliyatini turli hajviy ko‘rinishlar hamda «Quvnoqlar va zukkolar» (QVZ) tanlovlaridan boshlagan, bir qancha filmlarda ham rol ijro etgan.

Vaqt.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga, muxlislariga hamdardlik bildiradi.

Teglar

Mavzuga oid