Logo

Dori narxlarini asossiz oshirgan uchta farmatsevtika kompaniyasi ortiqcha olingan mablag‘ni qaytardi

Bugun 15:322 daqiqa

Raqobat qo‘mitasi uchta farmatsevtika kompaniyasida ayrim dori vositalarining narxi asossiz oshirilganini aniqlandi.

Dori narxlarini asossiz oshirgan uchta farmatsevtika kompaniyasi ortiqcha olingan mablag‘ni qaytardi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «Fair Tech» yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar tahlili davomida uchta farmatsevtika kompaniyasi tomonidan dori vositalari narxlarini asossiz oshirish holatlarini aniqladi.

Tekshiruvda «NIKA PHARM», «Astor Alliance» va «EVRO FARM BIZNES» MCHJlar ayrim dori vositalarini sotishda davlat tomonidan belgilangan narxlarga rioya qilmagani ma’lum bo‘lgan.

Natijada ushbu korxonalar tomonidan jami qariyb 100 million so‘m miqdorida asossiz daromad olingani qayd etildi.

Qaysi dorilar aniqlandi?

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, qonunbuzilish «NIKA PHARM» tomonidan sotilgan «GASTROMEG EZO» 40 mg №20 kapsulalarida kuzatilgan.

Shuningdek, «Astor Alliance» tomonidan sotilgan «Dolgit» kremi 50 gramm, «Mezim F» 10000 tabletkalari hamda «EVRO FARM BIZNES» realizatsiya qilgan «BROVENSIN» siropi 100 millilitr flakonlari narxida ham belgilangan cheklovlarga rioya etilmagan.

Qo‘mitaga ko‘ra, ushbu holatlar «Fair Tech» tizimi orqali olingan ma’lumotlar va Soliq qo‘mitasidan kelib tushgan asossiz daromad haqidagi axborotlar asosida o‘rganilgan.

Qo‘mita ogohlantirdi


Tekshiruvdan so‘ng uchala kompaniya ham qonunbuzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etdi va ortiqcha olingan mablag‘larni qoplash choralarini ko‘rdi.

Raqobat qo‘mitasi dori vositalarini realizatsiya qiluvchi barcha tadbirkorlik subektlarini qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi. Shuningdek, «Fair Tech» tizimi orqali dori vositalariga qo‘llanilayotgan savdo ustamalarini muntazam tahlil qilib borish va qonunbuzilishlar aniqlangan taqdirda ularni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish tavsiya etildi.

Teglar

Mavzuga oid