add

Dunyoning eng yirik shamol stansiyasi 6 mln uyni elektr bilan ta’minlaydi

Bugun 18:242301

Buyuk Britaniyada qurilayotgan «Dogger Bank» shamol parki ishga tushgach, har yili olti million uyni elektr energiya bilan ta’minlaydi.

Dunyoning eng yirik shamol stansiyasi 6 mln uyni elektr bilan ta’minlaydi

Yorkshir qirg‘oqlaridan 130 kilometr uzoqlikda qurilayotgan «Dogger Bank» shamol parki dunyoning eng yirik dengiz shamol elektr stansiyasi bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «Interesting Engineering».

Qayd etilishicha, loyiha «SSE Renewables», «Equinor va Vargrønn» kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning umumiy quvvati 3,6 GW'ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich har yili olti million uyni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

«Dogger Bank» loyihasi uch bosqichda barpo etilmoqda. Har bir bosqich 1,2 million kilovatt quvvatga ega bo‘lib, ularning umumiy ishga tushishi Buyuk Britaniyaning umumiy energiya ehtiyojining taxminan 5 foizini qoplaydi. Parkdan olingan energiya yuqori kuchlanishli suv osti kabellari orqali milliy elektr tarmog‘iga uzatiladi.

«Dogger Bank» birinchi bosqichidagi ilk turbina 2023 yil oktabrida ishga tushgan. Bu bosqich Britaniya tarixida ilk bor yuqori kuchlanishli doimiy tokni uzatish tizimidan foydalanishi bilan ajralib turadi.

Ushbu loyiha mamlakatga taxminan 7,9 milliard AQSH dollari miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi hamda minglab ish o‘rinlarini yaratadi. Shuningdek, shamol energiyasidan foydalanish mamlakatning «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish jarayonida muhim qadam hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Dunyoning eng yirik shamol stansiyasi 6 mln uyni elektr bilan ta’minlaydi | Vaqt.uz