add

Endi dorixonalarda «Elektron retsept» orqali ishlash majburiy bo‘ladi

Kecha 13:263531 daqiqa

Dorixonalarda shifokor tomonidan tayinlanadigan ayrim dori vositalari tizimga kiritilgan elektron retsept asosida sotiladi.

Endi dorixonalarda «Elektron retsept» orqali ishlash majburiy bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8-sentabrdagi qaroriga muvofiq, dori vositalarini chakana sotish faoliyatini litsenziyalash tartibiga yangi talablar kiritildi. Unga ko‘ra, dorixonalar «Elektron retsept» tizimiga ulanishi litsenziya olish va uni saqlab qolishning asosiy shartlaridan biriga aylandi.

2025 yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri va tajriba-sinov tartibi joriy qilingan 15 ta tuman hamda shahardagi barcha dorixonalar elektron retsept moduli orqali ma’lumot almashinuvini real vaqtda ta’minlashi shart qilib belgiladi va 2026 yil yakuniga qadar respublikadagi barcha dorixonalar ushbu tizimga to‘liq ulanishi majburiy bo‘ladi.

Yangi talab dori vositalarini retseptisiz berish holatlarini qisqartirishga qaratilgan. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, retsept asosida beriluvchi dorilarni qoidalarni buzgan holda sotganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Tizimga ko‘ra, shifokor tayinlagan ayrim dori vositalarini xarid qilish uchun fuqarolar dorixonaga elektron retsept bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Bu nafaqat bemor xavfsizligini oshiradi, balki shifokor, dorixona va bemor o‘rtasida raqamli hamkorlikni kuchaytiradi.

Mutasaddilarning aytishicha, «Elektron retsept» tizimining joriy etilishi:

Dori vositalari aylanmasini shaffoflashtirish;

Suiiste’mollik holatlarini kamaytirish;

Aholining dori vositalarini qabul qilishda xavfsizligini oshirish;

Shifokor, dorixona va bemor o‘rtasida raqamli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid