add

Eng ko‘p tabiiy resursga ega davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Kecha 09:1837882 daqiqa

Reytingning birinchi o‘rinida turadigan mamlakatda har bir aholi jon boshiga bir million dollarlik tabiiy resurs to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘p tabiiy resursga ega davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyo bo‘yicha tabiiy resurslar va mamlakatlarning 2025 yildagi aholi soni ma’lumotlari qiyoslanib, aholi soniga nisbatan eng ko‘p tabiiy boylikka ega o‘nta davlat aniqlandi.

Statista va Worldometer ma’lumotlariga asoslangan yangi reytingga ko‘ra, Saudiya Arabistoni dunyoda bir kishi hisobiga bir million dollar tabiiy resurslar to‘g‘ri keladigan davlat sifatida birinchi o‘rinni egalladi. Ulkan neft zaxiralari mamlakat iqtisodiyoti poydevori bo‘lib, nisbatan kam aholi soni esa kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichni keskin oshiradi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kanada hamda Avstraliya band etdi. Har ikki mamlakatda tabiiy boylik bir kishi hisobiga 700 ming dollardan oshadi. Kanadaning yuqori ko‘rsatkichi neft, o‘rmon zaxiralari va mineral resurslar hisobiga shakllansa, Avstraliya temir rudasi, ko‘mir va gaz eksporti orqali katta ustunlikka ega. Ularning keng hududi va nisbatan kam aholisi bu raqamlarni yanada oshirib beradi.

Rossiya reytingda to‘rtinchi o‘rindan joy oldi. Mamlakatda bir kishi hisobiga 520 ming dollardan ortiq tabiiy resurslar to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Rossiyaning katta hududi va boy mineral bazasi bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, dunyoda eng katta resurs zaxiralariga ega mamlakatlardan bo‘lgan Xitoy va AQSH aholi sonining yuqoriligi tufayli top-10 likning pastki qismida joylashdi. Xitoyda 1,4 milliarddan ortiq aholi yashaydi va bu bir kishi hisobiga tabiiy boylikni 16 ming dollar atrofida. AQSHda tabiiy resurslar umumiy qiymati 45 trillion dollarga baholangan bo‘lsa-da, kishiga to‘g‘ri keladigan ulush pastligi bois sakkizinchi o‘rin bilan cheklangan.

O‘zbekiston 135 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan 48-o‘ringa joylashgan. Bunda aholi jon boshiga 3550 dollarlik tabiiy boyliklar to‘g‘ri keladi.

Teglar

Mavzuga oid