Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?
Markaziy bank 2026-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.
© ijtimoiy tarmoqlarMarkaziy bank 2026-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.
Yangi haftada avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,5 foizni tashkil etdi va bir hafta avvalgi ko‘rsatkich bilan bir xil darajada saqlanib qoldi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich Markaziy bank mazkur statistikani yuritishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past darajalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,6 foizga yetdi. Bu avvalgi haftadagi 29,4 foizga nisbatan biroz yuqoriroq ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 23,7 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Asia Alliance Bank» 24,2 foiz, «Infinbank» 24,4 foiz, «Trastbank» 25 foiz va «Milliy bank» 25,2 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «BRB» 26 foiz, «Turonbank» 26,5 foiz, «Xalq banki», «Mikrokreditbank» va «OFB» 26,6 foizdan, «Agrobank» 26,7 foiz, «Asakabank» 26,9 foiz hamda «SQB» 27,2 foiz stavka bilan mikroqarz taklif qilmoqda. «Garant bank»da bu ko‘rsatkich 28,1 foizni tashkil etgan.
Yuqori segmentda esa «Poytaxt bank» 28,3 foiz, «Universal bank» 30,1 foiz, «Madad Invest Bank» 30,3 foiz, «Apex Bank» 31 foiz va «Hamkorbank» 31,5 foiz stavka taklif qilmoqda.
Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank» 33,4 foiz, «Ipak Yo‘li bank» 34,3 foiz, «Davr bank» 34,6 foiz, «TBC bank» 35,9 foiz, «Uzum Bank» 38 foiz, «AVO Bank» 39,9 foiz, «Anor bank» 41,3 foiz va «Tenge bank» 42,5 foizda qayd etildi.

Manba: Markaziy bank
Avtokreditlar
Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,8 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Davr bank» 18,9 foiz, «Garant bank» 20,5 foiz va «Aloqabank» 20,7 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «SQB» 21,3 foiz, «Ipoteka bank» 21,6 foiz, «Apex bank» va «Hamkorbank» 21,9 foizdan, «Ipak Yo‘li bank» 22,2 foiz hamda «OFB» 22,5 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda.
O‘rta segmentda «Asakabank» 22,6 foiz, «Mikrokreditbank» va «Xalq banki» 23 foizdan, «Trastbank» 23,1 foiz, «Asia Alliance Bank» 23,4 foiz va «Milliy bank» 23,8 foiz stavka taklif qilmoqda.
Yuqori segmentda esa «Agrobank» 24,5 foiz va «Turonbank» 25 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, banklar orasida eng yuqori avtokredit stavkasi 27,9 foiz bilan «Madad Invest Bank»da qayd etilgan.

Manba: Markaziy bank





