Erkinjon Turdimovga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
Oybek Yo‘ldoshev vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Mehriniso Pardayeva va Sanjar Mirzaliyev ham vazir o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
© kollaj20-oktabr kuni Prezidentning tegishli qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u «PwC Uzbekistan» kompaniyasining davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.





