Ertaga O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
O‘zgidromet 4-mart kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

4-mart kuni O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +6...+8 daraja iliq, kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq; Ustyurtda kechasi +3...+8 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
3-6-martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.





