add

H3N2 grippi jahon bo‘ylab tarqalmoqda: mutaxassislar xavotirda

Bugun 09:002872

Yangi turdagi gripp turli mamlakatlarda tarqalayotgan hukmron virusga aylandi. Olimlar yuqish darajasi yuqori bo‘lgan bu shtammga qarshi vaksina olishni tavsiya etmoqda.

H3N2 grippi jahon bo‘ylab tarqalmoqda: mutaxassislar xavotirda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari iyun oyida paydo bo‘lgan H3N2 virusi jahon bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotganini ma’lum qildi. Tashkilotning nafas yo‘llari tahdidlari bo‘limi rahbari doktor Venching Jangning ta’kidlashicha, ayrim mamlakatlarda ushbu gripp shtammi allaqachon hukmron virusga aylangan.

Gripp holatlarida keskin o‘sish qayd etilgan davlatlar orasida Buyuk Britaniya alohida e’tiborga loyiq. Milliy sog‘liqni saqlash xizmati rahbari Jeyms Maki ma’lum qilishicha, mamlakatda gripp bilan kasallanish holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan uch barobar ko‘paygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat og‘ir qish mavsumiga kirib borayotgani allaqchon aniq.

Yaponiyada vaziyat yanada jiddiy tus olgan. Tokioda gripp holatlari o‘tgan yilga nisbatan olti baravarga oshgan. Virusning ommaviy tarqalishi tufayli mamlakat bo‘ylab 2300 dan ziyod maktab va bog‘chalar qisman yoki to‘liq yopildi. Kanadada ham yuqish holatlari sezilarli darajada ko‘paygani qayd etilmoqda.

Olimlar H3N2 virusi inflyuenza A guruhiga mansubligini ta’kidlamoqda. AQSHda ham gripp A shtammiga oid testlar ijobiy natija bermoqda. Biroq mamlakatdagi Xastaliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) shatdaun sababli 26-sentabrdan beri milliy statistik ma’lumotlarni e’lon qilmayapti. CDCdagi qisqartishlar tufayli ma’lumot to‘plash va tahlil jarayonida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Vanderbilt universiteti professori Uilyam Shafner hozirgi sharoitda aniq va keng qamrovli monitoring o‘tkazish mushkulligini qayd etdi. Ushbu virusga qarshi mavjud vaksina virus bilan to‘liq mos kelmasa ham, ko‘p yillik tajribaga ko‘ra, kasalxonalarga yotqizish va og‘ir holatlar ehtimolini ancha pasaytirishi isbotlanganini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid

H3N2 grippi jahon bo‘ylab tarqalmoqda: mutaxassislar xavotirda | Vaqt.uz