add

Hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Kecha 17:352 daqiqa

Yanvar oyining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda qor, tuman va sovuq ob-havo saqlanishi kutilmoqda.

Hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 19–21-yanvar kunlari respublika hududlarida ob-havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim mintaqalarda yog‘ingarchilik kuzatilmasa, haftaning oxiriga yaqin qor va yomg‘ir ehtimoli ortadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 19–20-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-yanvar kuni esa ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi -5...-10 daraja sovuqdan -8...-13 daraja sovuqqacha, kunduzi esa -1...-6 daraja sovuqdan -2 daraja sovuq +3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Navoiy viloyatida 18-yanvar kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 21-yanvar kuni ikki viloyatda ham ba’zi hududlarda qor kutilmoqda. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq atrofida saqlanadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 18–20-yanvar kunlari asosan quruq havo kuzatiladi. 21-yanvar kuni ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kechasi harorat 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Janubiy hududlar — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 21-yanvar kuni yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Bu yerlarda kunduzgi harorat +5...+10 daraja iliqqa yetadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-yanvarda kechasi ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 19-21-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, 19-21-yanvarda 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi va 19–20-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.

Teglar

Mavzuga oid