add

Hyundai Rotem O‘zbekistonga ilk yuqori tezlikdagi poyezdlarni jo‘natdi

Bugun 07:584042 daqiqa

Bu tezyurar poyezd Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladi va yuqori tezlik tufayli yo‘lga ketadigan vaqt 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

Hyundai Rotem O‘zbekistonga ilk yuqori tezlikdagi poyezdlarni jo‘natdi

Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan va «Jaloliddin Manguberdi» nomi berilgan Hyundai Rotem tezyurar yo‘lovchi poyezdlarining birinchi partiyasi rasmiy tarzda jo‘natildi.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya, Koreya hukumatining vakillari va Hyundai Rotem kompaniyasi rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi transport sohasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichga ko‘tarilayotganini namoyon etdi.

«Jaloliddin Manguberdi» nomi berilgan yangi tezyurar poyezdlar Hyundai Rotem va «O‘zbekiston temir yo‘llari» o‘rtasida 2024 yil iyun oyida imzolangan 200 mln dollarlik shartnoma doirasida ishlab chiqarilmoqda. Bu kelishuv mamlakatning temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘lovchi tashish tizimini tezkor va qulay yo‘nalishga aylantirishga qaratilgan islohotlarning muhim qismi hisoblanadi.

Hyundai rotem 01

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, yangi poyezdlar O‘zbekistonda ichki turizm, regionlar o‘rtasidagi qatnov va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Yuqori tezlikdagi harakat natijasida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi yirik shaharlar o‘rtasida sayohat vaqti sezilarli qisqarishi kutilmoqda. Shu bilan birga, yangi park mamlakatda energiya tejamkor lokomotivlar standartini joriy etib, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hyundai rotem 02

Ilk tezyurar poyezd Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladi va yuqori tezlik tufayli yo‘lga ketadigan vaqt 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

Hyundai Rotem va «O‘zbekiston temir yo‘llari» o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida yana kengayishi mumkin. Kompaniya mutaxassislarining ta’kidlashicha, keyingi partiyalar bo‘yicha ishlab chiqarish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda va rejaga muvofiq 2026 yilda O‘zbekistonga to‘liq yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid