
IIVda Qo‘riqlash boshqarmasiga yangi boshliq keldi
29.11.2025 | 11:106651 daqiqa
U muqaddam Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Polkovnik Shodibekov Qobil Adilovich IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda tegishli farmoyish prezident tomonidan imzolandi.
Tayinlovga qadar Qobil Shodibekov Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.





