Ikki haftalik sulh: u kimning g‘alabasi? | Fikr vaqti

Kecha 20:551 daqiqa

Trampning keskin bayonotlari ortidan boshlangan xavotirli fon birdaniga ikki haftalik otashkesim bilan almashdi. Biroq bu sulh barqaror tinchlikning boshlanishimi yoki shunchaki vaqtinchalik tin olish — asosiy savol ochiqligicha qolmoqda. Ayniqsa Livandagi bugungi keskinlik va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat kelishuvni katta xav ostida qoldirdi.

Siyosiy jarayon va tinchlik masalalariga befarq bo‘lmagan har qanday inson 7-aprel tunini xavotir bilan o‘tkazdi yoki jiddiy tashvishlar bilan uyquga ketdi. Har holda AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan 8-aprel erta tongda Eronga nisbatan misli ko‘rilmagan zarbalar berilishi, buning oqibatida esa mamlakatda butun bir tamaddun yo‘q bo‘lishi mumkinligi haqida bildirilgan bayonot vaziyat nihoyatda keskin va qaltis ekanini ko‘rsatardi.

Biroq ko‘p o‘tmay, 8-aprel tongiga kelib dunyoning yetakchi nashrlari mutlaqo boshqa ritorikaga o‘tdi — ular ikki davlat o‘rtasida ehtimoliy sulh va 2 haftalik otashkesim kelishuvi haqida xabar bera boshladi.

Darhaqiqat, otashkesimga erishildi. Biroq bu holatni barqaror tinchlik sifatida baholashga erta. Bu, ko‘proq, global xavfsizlik muhitida tobora qorong‘ulashib borayotgan vaziyat fonida paydo bo‘lgan qisqa muddatli nisbiy barqarorlik, xolos. Zero, asosiy masala kelishuv shartlari, uning ortidagi manfaatlar hamda eng muhimi — uning qay darajada amalga oshirilishi bilan bog‘liq.

Masalan, ayni paytda Livanda vaziyat o‘ta keskinlashgan. Isroil “Hizbulloh”ga qarshi keng ko‘lamli havo hujumlari uyushtirmoqda. Fikr vaqti’ning navbatdagi sonida siyosatshunoslar Farhod Karimov va Muxtor Nazirov bilan ikki haftalik sulhning mazmun-mohiyati, uning shartlari hamda yaqin istiqbolda kutilayotgan ehtimoliy geosiyosiy rivojlanishlar haqida gaplashdik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 64

Barchasi

Mavzuga oid