Imomali Rahmon Toshkentga keldi

Tojikiston prezidentini O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Imomali Rahmon Toshkentga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugun, 16-mart kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston yetakchisini «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tojikiston prezidentiga hukumat a’zolari, davlat muassasalari va idoralari rahbarlari hamda madaniyat va san’at xodimlaridan iborat katta rasmiy delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Imomali Rahmon dastlab o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatiga hurmat ramzi sifatida «Mustaqillik va gumanizm» memorialiga gulchanbar qo‘ydi. Gulchanbar qo‘yish marosimida unga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohlik qildi.

Imomali Rahmonning tashrifi fonida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati «Nuri niyogon» shashmaqom ansambli rahbari Nabiyev Shuhratjon Jurabekovich O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Teglar

Mavzuga oid