Ipak yo‘li bankda eng katta pasayish: banklarning faollik indeksi elon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha Banklar faollik indeksini e’lon qildi. Reytingda Ipak Yo‘li bank 4 pog‘onaga tushib, yirik banklar orasida eng katta pasayishni qayd etdi, Ipoteka bank esa eng yuqori o‘sishni namoyish qilgan
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) 2026 yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha «Banklar faollik indeksi» e’lon qildi.
Banklar reytingida 34 ta tijorat bank ko‘rsatkichlarini 20 ta bank yirik banklar, 14 tasi esa kichik banklar guruhiga ajratilgan.
Bank aktivlari
Aprel-iyun oylari davomida bank tizimi aktivlari 984,4 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 19% ga oshdi. Majburiyatlar hajmi esa18,4% ga o‘sib, 838,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Jami aktivlarning 62,7 foizi va kredit portfelining esa 66,1 foizi davlat ishtirokidagi 9 ta bank hissasiga to‘g‘ri keladi.
Depozitlar kreditlardan tezroq o‘sdi
Bir yilda kreditlar hajmi 12%ga, depozitlar esa 33%ga oshdi. Xususiy banklarda kredit portfelining depozitlar bilan ta’minlanganlik darajasi yuqoriroq.
Masalan, davlat banklarida har 100 so‘mlik kreditga 57 so‘m depozit jalb qilingan bo‘lsa, xususiy banklarda ko‘rsatkich 103 so‘mni tashkil qilgan.

Daromadlilik va lidvidlik
Tahlillarga ko‘ra, bank sektorida sof foyda 66,7 foizga o‘sib, 8,5 trln so‘mga yetdi. Bunda bank tizimi foizsiz marjasining 2,5 barobarga oshib, 15,8 trln so‘mni tashkil etgani ko‘proq ta’sir qilgan. Shuningdek:
● aktivlar rentabelligi (ROA) 1,9% dan 2,4% ga;
● kapital rentabelligi (ROE) 10,3% dan 14,5% ga;
● yuqori likvidli aktivlar ulushi 4,2% ga oshib, 21,6% ni tashkil etdi.
Ikkinchi chorakda kredit portfeli yaxshilanib, muammoli kreditlar ulushi 4,1 foizdan 3,7 foizgacha pasaygan.
Bank operatsiyalarining dollarlashuv darajasi ham pastlagan. Xorijiy valutadagi kreditlar ulushi 41% dan 39% gacha, depozitlar ulushi esa 24% dan 19% gacha kamaydi.
Kapital monandlik ko‘rsatkichlari minimal talablardan 1,5 barobar yuqori darajada saqlanmoqda.
Yirik banklar
So‘nggi uch oyda 20 ta yirik banklarning 7 tasi o‘z pozitsiyasini yaxshilagan. Xususan, Ipotekabank 4 pog‘ona, Invest Finance Bank va Davrbank 3 pog‘ona, Orient Finance Bank 2 pog‘ona hamda Turonbank, Asakabank, Trastbank 1 p

Reytingda 8 tasi o‘z o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, 5 tasining reytinggi tushgan. Bunda Ipak Yo‘li bank 4 pog‘ona bilan eng yuqori pasayishni qayd etgan. Shuningdek, Anorbank va Xalq banki 3 pog‘ona, Mikrokreditbank esa 2 pog‘ona tushgan.
Yo‘nalishlar bo‘yicha eng katta o‘sish ko‘rsatgan banklar:
● Orient Finance Bank: Moliyaviy vositachilikda +10, likvidlilikda +9 pog‘ona ko‘tarildi;
● Ipotekabank: Aktivlar sifati va Boshqaruv samaradorligida 7 pog‘onadan yuqoriladi;
● Turonbank: Moliyaviy vositachilikda 5 pog‘onaga o‘sdi.
Eng katta pasayish qayd etgan banklar:
● Mikrokreditbank: Moliyaviy ommaboplikda -11, Moliyaviy vositachilikda -10 pog‘onaga yiqildi.
● Tenge Bank: Kapital yetarliligida -10, Boshqaruv samaradorligida -7 va Aktivlar sifatida -5 pog‘onaga tushdi.
● Asaka Bank: Likvidlilik yo‘nalishida -5 pog‘onaga pastladi.
Kichik banklar
Yirik banklar reytingida bo‘lgani kabi, kichik banklar orasida ham birinchi uchlik o‘zgarishsiz qoldi. «TBC Bank» birinchi, «Universal Bank» ikkinchi, «AVO Bank» esa uchinchi o‘rinni saqlab qol

Yig‘ma reytingda eng yuqori ijobiy dinamikani «Oktobank» namoyon etib, 3 pog‘onaga yuqoriladi va 6-o‘rinni egalladi.
«Hayot Bank», «O‘zKDB Bank», «Soderot Bank», «Madad Invest Bank», «Open Bank» va «Uzum Bank» reytingda bir pog‘onadan yuqoriladi.
Yig‘ma reytingda «Garant Bank» sezilarli pasayish qayd etib, 4 pog‘onaga tushdi va 14-o‘rinni egalladi. Bunga moliyaviy ommaboplik, aktivlar sifati va likvidlik ko‘rsatkichlarining yomonlashishi sabab bo‘ldi.
Pasayish sur’ati bo‘yicha keyingi o‘rinda «Poytaxt Bank» bo‘lib, u 3 pog‘onaga tushdi va 9-o‘rinni egalladi. «Apeks Bank» va «Ziraat Bank» esa Indeksning ayrim tarkibiy qismlaridagi o‘zgarishlar natijasida bir pog‘onadan pasaydi.





