add

Istanbul meri Akram Imomo‘g‘liga 2430 yil qamoq jazosi so‘raldi

Bugun 15:252421

Istanbul prokuraturasi shahar meri Akram Imamo‘g‘lini 142 band bo‘yicha ayblamoqda. Unga qarshi jinoiy ish bo‘yicha 2430 yillik qamoq jazosi so‘ralmoqda.

Istanbul meri Akram Imomo‘g‘liga 2430 yil qamoq jazosi so‘raldi

Turkiya muxolifati yetakchilaridan biri bo‘lgan Akram Imomo‘g‘liga qarshi ish bo‘yicha ayblov xulosasi 11-noyabr kuni e’lon qilindi. U jinoiy tenderlar, moliyaviy jinoyatlar, pul yuvish va soxta hujjatlar tayyorlashda ayblanmoqda. «Anadolu» davlat xabar agentligiga ko‘ra, davlatga yetkazilgan zarar 3,3 mlrd yevro va 20,7 mln yevroga teng.

Imamo‘g‘li shu yilning mart oyidan beri qamoqda. U bilan birga ushlangan 402 nafar gumonlanuvchi orasida uning yaqin tarafdorlari ham bor. Prokuraturaga ko‘ra, u «jinoiy tijorat tarmog‘i» tashkil etgan va shu orqali prezidentlik saylov kampaniyasi uchun moliyaviy baza tayyorlashga harakat qilgan.

Ayblov tarafining fikricha, u Jumuriyat xalq partiyasida to‘liq nazorat o‘rnatish va uni o‘z prezidentlik maqsadlari yo‘lida foydalanishni ko‘zlagan. Ish bo‘yicha barcha sud jarayonlari Istanbulning Silivri okrugidagi Marmara qamoqxonasida o‘tkaziladi. U yerda Imoamo‘g‘li yakka kamerada saqlanmoqda.

Muxolifat bu jarayonni «huquqiy to‘ntarish» deb atadi. Imomo‘g‘lining diplomi ham bekor qilingani, uning 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish huquqini yo‘qqa chiqaradi. Uning nomzodi hozirgi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga jiddiy raqobatchi deb ko‘rilayotgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Istanbul meri Akram Imomo‘g‘liga 2430 yil qamoq jazosi so‘raldi | Vaqt.uz