Logo

Javohir Sindarov Naroditskiy Memorial Rapid va Blitz 2026 turnirlarida ikki karra chempion bo‘ldi

Bugun 11:511 daqiqa

O‘zbekistonlik grossmeyster ushbu g‘alabalari uchun 9 ming AQSH dollari mukofot oldi.

Javohir Sindarov Naroditskiy Memorial Rapid va Blitz 2026 turnirlarida ikki karra chempion bo‘ldi © uzchess

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Daniel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan Naroditsky Memorial Rapid va Blitz 2026 turnirlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sindarov rapid bahslarida 7 ta partiyadan 6 ochko jamg‘ardi. U musobaqa yakunida hindistonlik grossmeyster  Aravind Chitambaram bilan bir xil natija qayd etganini sababli tay-brek o‘tkazildi va unda raqibini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Blits yo‘nalishida esa o‘zbekistonlik shaxmatchi  9 ta partiyadan 7,5 ochko to‘plab, musobaqani birinchi o‘rinda yakunladi. 

Ikki yo‘nalishdagi g‘alabasi evaziga Javohir Sindarov jami 9 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov 2026 yil aprel oyida Kiprda bo‘lib o‘tgan FIDE Nomzodlar turnirida muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ushbu musobaqa tarixida chempion bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylangandi. Mazkur g‘alaba unga amaldagi jahon chempioni bo‘lgan Dommaraju Gukesh bilan shaxmat toji uchun bahs olib borish huquqini beradi.

FIDE tomonidan tasdiqlangan ma’lumotga ko‘ra, Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh o‘rtasidagi Jahon shaxmat chempionati bahsi 2026-yil 23-noyabrdan 17-dekabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid