Javohir Sindorov Fabiano Karuanani mag‘lub etib, Nomzodlar turnirida yakka peshqadamga aylandi

Bugun 12:551 daqiqa

Nomzodlar turniri g‘olibi amaldagi jahon chempioni bilan shaxmat toji uchun dona surish huquqini qo‘lga kiritadi.

Javohir Sindorov Fabiano Karuanani mag‘lub etib, Nomzodlar turnirida yakka peshqadamga aylandi © Foto: Michal Walusza / FIDE

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirining 4-turida o‘zbekistonlik Javohir Sindorov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U ushbu turda dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi AQSH vakili Fabiano Karuanaga qarshi dona surdi.

Ayni paytda Javohir 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Javohir Sindorov shaxmat tarixida jahon toji uchun da’vogarlik qilish imkonini beruvchi ushbu nufuzli turnirda ishtirok etayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi.

Grossmeysterning ushbu turnirdagi natijalari hozircha quyidagicha ko‘rinish olgan:

• 1-tur: Andrey Yesipenko (Rossiya) ustidan g‘alaba;

• 2-tur: Mattias Blyubaum (Germaniya) bilan durang;

• 3-tur: Rameshbabu Pragnanadxa (Hindiston) ustidan g‘alaba;

• 4-tur: Fabiano Karuana (AQSH) ustidan g‘alaba.

Eslatib o‘tamiz, Nomzodlar turniri g‘olibi amaldagi jahon chempioni bilan shaxmat toji uchun dona surish huquqini qo‘lga kiritadi.

Teglar

Mavzuga oid