Javohir Sindorov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi

Bugun 17:071 daqiqa

Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida g‘olib chiqqan Javohir Sindorov Prezident farmoni bilan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Javohir Sindorov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi

2026 yil 15-aprel kuni Kiprda yakunlangan Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

17-aprel kuni poytaxtda tashkil etilgan tantanali kutib olish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident farmonini o‘qib eshittirdi va sportchini tabrikladi.

«Kiprda o‘tkazilgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turnirida o‘zining yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini yaqqol namoyon etib, dunyoning eng kuchli grossmeysterlari orasida rekord natijalar ko‘rsatgan Sindarov Javohir Sanjarbekovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi Prezident farmonida.

E’tiborli jihati shundaki, Sindorov musobaqani biror marta mag‘lubiyatga uchramasdan yakunladi. Bu esa uni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga olib chiqdi.

Natijada Javohir Sindorov jahon reytingida yuqori pog‘onalardan joy oldi. Undan oldin esa yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov joylashgan.

Teglar

Mavzuga oid