JCH-2026: FIFA «Sher va quyosh» bayrog‘ini taqiqladi

Bugun 17:222 daqiqa

Tashkilot ushbu ramzni siyosiy deb topdi.

JCH-2026: FIFA «Sher va quyosh» bayrog‘ini taqiqladi

FIFA muxlislarga 2026-yilgi jahon chempionati stadionlariga 1979 yilgi inqilobgacha ishlatilgan Eronning «Sher va quyosh» bayrog‘ini olib kirishni taqiqladi.

Bu qaror mazkur ramzdan amaldagi Eron hukumatiga qarshi norozilik belgisi sifatida foydalanib kelayotgan muxolifat faollari va xorijdagi eronliklar orasida jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

«Sher va quyosh» ramzi nima uchun bahsli?

Sher va quyosh tasvirlangan bayroq Ruhulloh Xumayniy hokimiyatga kelguniga qadar Eronning rasmiy ramzi bo‘lgan. Inqilobdan so‘ng uning o‘rnini amaldagi Eron davlat bayrog‘i egalladi.

Sher va quyosh tasviri tushirilgan bayroq Ruhulloh Xumayniy hokimiyatga kelguniga qadar Eronning rasmiy ramzi hisoblangan. Inqilobdan so‘ng uning o‘rnini hozirgi davlat bayrog‘i egalladi.

So‘nggi yillarda, xususan, 2022-yilda Mahsa Aminiyning vafotidan keyingi norozilik namoyishlarida, shuningdek, AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi mitinglarda bu eski bayroq yana keng ommalashdi.

FIFA siyosiy ramzlarga qarshi cheklovlarni kuchaytirmoqda

Jahon chempionati 2026-yilning yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron o‘zining dastlabki o‘yinlarini eng yirik Eron diasporalaridan biri istiqomat qiladigan Kaliforniyada o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, 2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial davomida ham ayrim muxlislar ushbu bayroqni stadionga olib kirishda taqiqlarga duch kelgan edi.

FIFA bunday cheklovlarni o‘yinlar vaqtida siyosiy, diniy va etnik ramzlardan foydalanishni taqiqlovchi qoidalari bilan izohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, tashkilot bungacha Buyuk Britaniya futbol assotsiatsiyalarini urush qurbonlari xotirasi uchun ko‘knori gulidan foydalangani sababli jarimaga tortgan edi. Shuningdek, JCH-2022 da kamalakrang «OneLove» bog‘ichlarini taqqanlarni sanksiyalar bilan ogohlantirgan, Shveysariya terma jamoasi futbolchilari Jerdan Shakiri va Granit Jakani esa Serbiyaga qarshi o‘yinda qo‘llari bilan alban burguti ishorasini ko‘rsatgani uchun jazolagan.

Teglar

Mavzuga oid

JCH-2026: FIFA «Sher va quyosh» bayrog‘ini taqiqladi | Vaqt.uz