add

Katta miqdorda soliq qarzi bo‘lgan qurilish korxonalari ma’lum qilindi

Bugun 13:556471

Soliq qo‘mitasi 1 200 dan ortiq qurilish korxonasining katta miqdordagi soliq qarzdorligi borligi haqida ma’lumot berdi.

Katta miqdorda soliq qarzi bo‘lgan qurilish korxonalari ma’lum qilindi

2025 yil 1-noyabr holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1 209 tani tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur korxonalarning jami qarzi 1,3 trln so‘mga yetgan. Shundan 311,2 mlrd so‘mi yoki 23,9 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Jumladan, eng katta miqdordagi qarzdor kompaniyalar Andijon viloyatidagi «Mohir-Quruvchi» MCHJ (65,3 mlrd so‘m) hamda Toshkent shahridagi «Avtosanoat-injiniring» MCHJ (63,9 mlrd so‘m), «Aziya Invest Favorit» MCHJ (63,9 mlrd so‘m) va «Tamirlash Qurish Servis» MCHJ (50,3 mlrd so‘m) ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, korxonalarning soliq qarzdorligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich quyidagi hududlarda qayd etildi:

Toshkent shahri – 391 mlrd so‘m;

Toshkent viloyati – 322,7 mlrd so‘m;

Andijon viloyati – 147,9 mlrd so‘m;

Navoiy viloyati – 77,3 mlrd so‘m;

Buxoro viloyati – 76,8 mlrd so‘m.

Avvalroq yanvar–sentabr oylarida qurilish korxonalariga o‘tgan yilga nisbatan 845,5 mlrd so‘m ko‘p soliq imtiyozlari berilgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid

Katta miqdorda soliq qarzi bo‘lgan qurilish korxonalari ma’lum qilindi | Vaqt.uz