add

«Manchester Siti» 19-dekabr kuni O‘zbekiston uchun muhim e’lon tayyorlamoqda

16.12.2025 | 15:1810022 daqiqa

Taxminlarga ko‘ra, «Qo‘qon 1912» klubi «City Football Group» tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

«Manchester Siti» 19-dekabr kuni O‘zbekiston uchun muhim e’lon tayyorlamoqda

Angliyaning mashhur klubi — «Manchester Siti» rasmiy Instagram sahifasida 19-dekabr kuni O‘zbekistonga oid muhim e’lon bo‘lishi haqida xabar berdi. Postdagi yozuv sport jamoatchiligini hayajonga soldi.

«O‘zbekiston, tayyormisan? Ishonchli hamkor yo‘lga chiqmoqda», — degan ibora va 19.12 sanasi bilan berilgan tizer ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

MCity Uzbekistan

Mutaxassislar #KattaQadamIshonchliZarba heshtegi bilan berilgan yozuvlar ortida «City Football Group»ning O‘zbekistondagi loyihasi turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ayrimlari buni Qo‘qonning «Qo‘qon 1912» jamoasi bilan bog‘layapti.

Shu paytgacha «Manchester Siti» va City Football Group bu masalada rasman izoh bermadi. Ammo ko‘pchilik 19-dekabrda bu haqda rasmiy bayonot berilishini kutmoqda.

Agar bu xabar tasdiqlansa, «Qo‘qon 1912» — City Football Group’ga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi ilk klubga aylanishi mumkin.

Avvalroq,iyun oyida  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, jumladan ayni paytda O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘lib ishlayotgan Otabek Umarov «City Football Group» vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda mamlakatda futbolni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar akademiyalarini tashkil etish, murabbiylar tayyorlash hamda xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.

Husanov umarov

Uchrashuv davomida «City Football Group» tomonidan O‘zbekiston futbol bozori istiqbolli yo‘nalish sifatida baholanib, hamkorlik qilishning turli formatlari o‘rganilayotgani bildirilgan. Shu bilan birga, xolding hozircha muayyan klubni sotib olish yoki uni tarkibiga qo‘shish bo‘yicha aniq qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan.

«City Football Group» vakillari O‘zbekistonda futbol infratuzilmasi, yoshlar bilan ishlash tizimi va professional klublar faoliyatini o‘rganish ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Ahmad Muhammadov

Ahmad MuhammadovMaqolalar soni: 12

Barchasi

Mavzuga oid