
Markaziy Osiyo prezidentlari muhim qarorlarni qabul qildi
Prezidentlar Ozarbayjonni uchrashuvda to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi kabilar bo‘yicha qator hujjatlarni qabul qildi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezidentlar quyidagi muhim hujjatlarni qabul qildilar:
– Qirg‘iz Respublikasining 2027-2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zoligiga nomzodi yuzasidan BMTga a’zo davlatlarga murojaat;
– Ozarboyjon Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror;
– Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi;
– Markaziy Osiyo xavfsizligiga xatarlarning katalogi va ularning oldini olish bo‘yicha 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan choralar.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga raislik Turkmanistonga topshirildi.





