add

Markaziy Osiyo tranzitida boshqaruv o‘zgarishi — Xitoy konsorsiumga kirdi

20.11.2025 | 22:554982 Daqiqa

Xitoy davlat temir yo‘l guruhi O‘rta yo‘lakni boshqaruvchi kompaniyaning ulushini sotib oldi. Bu yo‘lak Xitoyni Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Yevropa bilan bog‘lovchi temir yo‘l yo‘nalishidir.

Markaziy Osiyo tranzitida boshqaruv o‘zgarishi — Xitoy konsorsiumga kirdi

Xitoy O‘rta yo‘lak marshrutida faoliyat yurituvchi transport konsorsiumining sherigiga aylandi. Bu yo‘lak Xitoyni Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Yevropa bilan bog‘lovchi temir yo‘l yo‘nalishidir.

Caixin jurnali xabar qilishicha, Xitoy davlat temir yo‘l guruhi «O‘rta yo‘lak ko‘p formatli transport» kompaniyasining ulushini sotib olgan.

Bu kompaniyani Qozog‘iston, Gruziya va Ozarbayjonning davlat temir yo‘l operatorlari tashkil etgan. Bayonotda sotib olingan aksiyalar miqdori ko‘rsatilmagan.

Unda to‘rt sherik Xitoy-Yevropa temir yo‘l ekspress doirasida O‘rta yo‘lakni birgalikda rivojlantirish va foydalanish bo‘yicha hamkorlik qilishi aytilgan.

Kompaniya Ostonada ro‘yxatdan o‘tgan. U 2023 yilda uch mamlakatning transport resurslarini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan. U tashishlar samaradorligini oshirishi va butun marshrut bo‘ylab yagona tariflarni ta’minlashi lozim.

O‘rta yo‘lakning ahamiyati 2022 yil voqealaridan so‘ng oshdi. Xitoy-Yevropa ekspressining Rossiya orqali o‘tuvchi shimoliy yo‘nalishi Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin xavfli bo‘lib qoldi. G‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Marshrutda logistik uzilishlar yuzaga keldi. Bu muqobil yo‘lga bo‘lgan talabni oshirdi.

O‘rta yo‘lak Xitoyning g‘arbiy hududlaridan Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi orqali o‘tadi. So‘ngra marshrut Kavkaz orqali Turkiyaga va undan keyin Yevropaga boradi.

Kaspiy xalqaro transport marshuti (TITR) nomi bilan ham tanilgan O‘rta yo‘lak bo‘yicha yuk oqimi o‘sishda davom etmoqda. 2024 yilda tashishlar hajmi 3,3 million tonnaga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 20,6 foiz ko‘pdir.

Teglar

Mavzuga oid