add

Markaziy Osiyoda yangi siyosiy arxitektura: Sibir suvlari va Ozarboyjon a’zoligi muhokamada — Fikr vaqti

Bugun 19:524431

O‘tgan dam olish kunlari Toshkent Markaziy Osiyo prezidentlarining g‘irt o‘zbekcha qilib aytganda, navbatdagi «maslahat oshi»ga mezbonlik qildi.



Mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish – bu 15-16-noyabr kunlari o‘tgan tadbirlar davomida yangrab turgan doimiy, rasmiy gaplar. Fikr vaqti’ning navbatdagi sonida esa prezidentlar ishtirokida o‘tgan shu tadbirlar, ularning natijasida markaziy osiyoliklar hayotida endi nimalar o‘zgarishi, Ozarboyjonning formatga to‘la huquqli a’zoligining mazmuni nimadan iboratligi, sodda qilib aytganda, “osh atrofida” qilingan kelishuvlarni soddaroq tarzda tahlil qildik.

Dastur davomida shuningdek, shu kunlarda Rossiya mediasida ko‘tarilib, muhokamasi O‘zbekistonga ham kirib kelgan masala – Orol dengizi va unga ruslarning Sibirdan suv olib kelish tashabbusi haqida ham so‘z bordi.

Ayni mavzularni esa siyosatshunos Farhod Tolipov va iqtisodchi Shuhrat Rasul bilan tahlil qildik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 8

Barchasi

Mavzuga oid

Markaziy Osiyoda yangi siyosiy arxitektura: Sibir suvlari va Ozarboyjon a’zoligi muhokamada — Fikr vaqti | Vaqt.uz