«Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Bugun 19:391 daqiqa

Orif Bo‘tayev Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

«Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi © Ijtimoiy tarmoqlar

Orif Aliboyevich Bo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.

Ushbu lavozimga o‘tgunga qadar Orif Bo‘tayev «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Orif Bo‘tayev 1983 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2012 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini – «Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Teglar

Mavzuga oid