add

Mirziyoyev 2025 yilda 28 ta xorijiy tashrif amalga oshirdi

2025 yilda O‘zbekistonga oliy darajada 23 ta tashrif qabul qilindi. Ushbu tashriflarning 7 tasi davlat tashrifi.

Mirziyoyev 2025 yilda 28 ta xorijiy tashrif amalga oshirdi

2025 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlarga jami 28 ta tashrif amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat tashqi siyosatining faol va tizimli xarakter kasb etayotganini namoyon qildi. Safarlar doirasida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni ilgari surishga qaratilgan aniq kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, 2025 yilda O‘zbekistonga oliy darajada 23 ta tashrif qabul qilindi. Ushbu tashriflar doirasida 7 ta davlat tashrifi, 17 ta rasmiy hamda 27 ta amaliy tashriflar tashkil etildi. Natijada siyosiy muloqotlar mazmunan chuqurlashib, uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlaydigan kelishuvlar va amaliy mexanizmlar shakllantirildi.

Davlat rahbarining 20 ga yaqin yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faol pozitsiyasini sezilarli darajada oshirdi. Bu ishtiroklar orqali mamlakatning mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy hamkorlik va global tashabbuslarga bo‘lgan yondashuvi xalqaro hamjamiyatga yetkazildi.

O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilgan 10 ta nufuzli xalqaro tadbir dunyo hamjamiyatining mamlakatga bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchini ifodaladi. Mazkur tadbirlar xalqaro muloqot uchun ochiq maydon yaratib, O‘zbekistonning diplomatik imijini yanada mustahkamladi.

Shuningdek, 2025 yilda mamlakat tomonidan mintaqaviy hamkorlik va barqaror taraqqiyotga qaratilgan 100 ga yaqin muhim tashabbus ilgari surildi. Bu tashabbuslar iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi.

Teglar

Mavzuga oid