add

Mo‘ynoqda yana bir quduqdan katta bosimdagi gaz oqimi aniqlandi

Kecha 18:351 daqiqa

Ustyurt mintaqasidagi «Mo‘ynoq» koni yaqinida joylashgan Shagirlik-quyi yura 2-sonli izlov qudug‘ida sanoat miqiyosida tabiiy gaz oqimi aniqlandi.


Shagirlik-quyi yura 2-sonli izlov qudug‘idan olingan natijalar hududda uglevodorod zaxiralarini kengaytirish istiqbolini yanada mustahkamlamoqda.

Mazkur maydon Ustyurt platosida joylashgan bo‘lib, u O‘zbekgeofizika AJ hamda Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti DM tomonidan o‘tkazilgan 3D seysmik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida chuqur izlov burg‘ulashga tayyorlangan.

Quduqni burg‘ulash ishlari jamiyat tarkibida faoliyat yuritayotgan Loyiha boshqaruv ofisi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Ushbu ofis davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, xorijdagi zamonaviy neft-gaz kompaniyalarida tajriba orttirgan, yuqori malakali kadrlardan shakllantirilgan.

2026 yil 10-yanvar kuni quduq 5265 metr chuqurlikkacha burg‘ulab tushildi. Quyi yura qatlamlarida, aniqrog‘i 5265–5061 metr oralig‘ida tabiiy gaz uyumlari mavjudligi geologik va texnologik o‘lchovlar orqali tasdiqlandi. Mutaxassislar gaz oqimining barqarorligi va bosim ko‘rsatkichlarini sanoat talablariga javob beradi, deb baholamoqda.

Olingan natijalar quyi yura qatlamlarining geologik tuzilishini chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan maydonda 3 va 4-sonli navbatdagi izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ulash rejalashtirilgan. Bu ishlar gaz uyumlarining tarqalish chegarasini aniqlash hamda zaxiralarni baholashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz 12-dekabr kuni ham Mo‘ynoq tumanida yuqori bosimli kon aniqlangan edi.

Teglar

Mavzuga oid