add

Namanganga yangi shahar hokimi tayinlandi

29.10.2025 | 11:153741

Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Kamalov Namangan shahar hokimi etib tayinlandi. U pora bilan qamoqqa olingan Anvarjon Otaxodjayevning o‘rnini egalladi.

Namanganga yangi shahar hokimi tayinlandi

Kamalov Ayubxon Aribjanovich Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Ayubxon Kamalov tayinlovga qadar O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Uning moliya va iqtisod sohasidagi ko‘p yillik tajribasi mahalliy boshqaruvdagi yangi vazifalarni samarali bajarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq, Namangan shahar hokimi Anvarjon Xojaxanovich Otaxodjayev huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qamoqqa olingani ma’lum qilingan edi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shahar hokimi poyabzal ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari bilan til biriktirib, fuqarodan 60 ming AQSH dollari talab qilgan. Bu mablag‘ evaziga u shahar markazidagi 35 sotix maydonda joylashgan eski turar-joy binolari o‘rniga ko‘p qavatli uy qurish huquqini ta’minlashga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Kamalov va Melibayev Sodir lavozimidan ozod etilgani va O‘zbekiston Markaziy banki raisiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlanganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Namanganga yangi shahar hokimi tayinlandi | Vaqt.uz